01
Suhbat va tahlil
Biznesingiz, mijozlaringiz va raqobatchilaringizni o'rganaman. Shundan keyin taxminiy narx va muddatni aytaman. Bu bosqich bepul.

— Men haqimda
Men O'telbayev Jasurbekman — Toshkentda ishlaydigan full-stack dasturchi. Loyihani boshidan oxirigacha o'zim olib boraman: dizayndan tortib serverga chiqarishgacha.
Buyurtmachilarning ko'pchiligi menga bir xil gap bilan keladi: «sayt bor, lekin undan foyda yo'q». Sabab odatda bitta — sayt kompaniya haqida gapiradi, mijoz haqida emas. Shuning uchun ishni dizayndan emas, savoldan boshlayman: sizga kim, nima uchun va qaysi yo'l bilan kelishi kerak?
Keyin buni texnik yechimga aylantiraman: tez ochiladigan sahifalar, Google tushunadigan tuzilma, telefonda ham qulay interfeys va arizalar to'g'ridan-to'g'ri Telegramingizga tushadigan forma. Chunki mijoz kutib o'tirmaydi.
Ishni topshirgandan keyin ham yo'qolib qolmayman: saytni o'zingiz boshqara olishingiz uchun hammasini ko'rsataman va savollaringizga javob beraman.
— Ish jarayoni
01
Biznesingiz, mijozlaringiz va raqobatchilaringizni o'rganaman. Shundan keyin taxminiy narx va muddatni aytaman. Bu bosqich bepul.
02
Sahifalar tuzilmasi va dizayn maketi. Siz ko'rasiz, tuzatasiz — kod yozilishidan oldin kelishib olamiz.
03
Kod, tezlik, mobil versiya, SEO asoslari va Telegram integratsiyasi. Jarayonni bosqichma-bosqich ko'rsatib boraman.
04
Domen, hosting, Google Search Console. Saytni boshqarishni o'rgataman va keyin ham aloqada bo'laman.
— Texnologiyalar
Maslahat va taxminiy hisob-kitob bepul. Hech qanday majburiyat yo'q.